MARKAZIY OSIYO XALQARO TA’LIM FORUMI

Mehmonxona va sayohat

Xorijiy ishtirokchilar uchun Toshkentga safar, joylashish va boshqa amaliy masalalar bo'yicha umumiy ma'lumotlar. Aniq tafsilotlar tashkiliy qo'mita tomonidan qo'shimcha xabar qilinadi.

Forum mehmonxonasi

Forum Toshkent shahridagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida o'tkaziladi. Ishtirokchilar uchun saroy yaqinidagi mehmonxonalarda joylar band qilingan.

Bron qilish tafsilotlari ro'yxatdan o'tgan rasmiy delegatsiya vakillariga alohida yuboriladi.

Viza va kirish tartibi

O'zbekiston ko'plab davlat fuqarolari uchun elektron viza (e-visa) yoki vizasiz kirish tartibini taqdim etadi. Rasmiy ma'lumot: e-visa.gov.uz

Rasmiy delegatsiya a'zolari uchun taklifnoma va viza rasmiylashtirishda tashkiliy qo'mita ko'maklashadi.

Aeroport va transport

Toshkent xalqaro aeroporti (TAS) shahar markaziga ~15 km masofada joylashgan. Rasmiy mehmonlar uchun aeroportdan mehmonxonagacha transport tashkil etiladi.

Ob-havo

27–29 oktabr kunlari Toshkentda kuzgi mo'tadil ob-havo (taxminan +12…+20°C) kutilmoqda. Yengil kurtka bilan kelishni tavsiya etamiz.

Manzil

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi

Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi Toshkent shahridagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida bo'lib o'tadi.

  • 28-oktabr 2026 yil
  • O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi, Toshkent
Yandex Maps