MARKAZIY OSIYO XALQARO TA’LIM FORUMI

Kelishuvlar va natijalar

Markaziy Osiyo xalqaro ta'lim forumi 28-oktabr kuni Toshkentda bo'lib o'tadi. Quyida forumning maqsadlari va undan kutilayotgan natijalar keltirilgan — imzolangan kelishuvlar va yakuniy hujjatlar tadbirdan so'ng shu yerda e'lon qilinadi.

Natijalar

Forumdan kutilayotgan natijalar

Forum Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Doimiy muloqot platformasi

Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida ta'lim sohasida muntazam muloqot va hamkorlik platformasi shakllantiriladi.

Xalqaro hamkorlik aloqalari

O'zbekiston ta'lim tashkilotlarining xorijiy universitetlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari kengayadi.

Qo'shma dasturlar va loyihalar

Yangi qo'shma ta'lim dasturlari, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo'yicha kelishuvlarga erishiladi.

Akademik mobillik

Talabalar va professor-o'qituvchilarning akademik mobilligi kengayadi.

Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt

Ta'lim jarayoniga ilg'or raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt yechimlarini joriy etish bo'yicha xalqaro hamkorlik kuchayadi.

O'zbekistonning xalqaro nufuzi

O'zbekistonning mintaqaviy va xalqaro ta'lim makonidagi nufuzi hamda tashabbuskorligi oshadi.

Maqsadlar

Forumning asosiy maqsadlari

Forumga 10 dan ortiq xalqaro tashkilot, 500 ga yaqin oliy ta'lim tashkilotlari rahbarlari va 1 000 nafardan ortiq xalqaro va mahalliy ekspertlar jalb etiladi.

Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida ta'lim sohasidagi mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

Xorijiy universitetlar, ilmiy markazlar, xalqaro tashkilotlar va ta'lim sohasidagi kompaniyalar bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o'rnatish

Qo'shma ta'lim dasturlari, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish

Talabalar, magistrantlar, doktorantlar, tadqiqotchilar va professor-o'qituvchilarning akademik mobilligini kengaytirish

Ta'lim jarayoniga zamonaviy raqamli texnologiyalar, sun'iy intellekt, ilg'or pedagogik yondashuvlar va xalqaro standartlarni joriy etish

Markaziy Osiyoni ta'lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yagona hamkorlik makoni sifatida xalqaro maydonda ilgari surish

Forum yakunida aniq kelishuvlarga erishish ko'zda tutilgan

Xorijiy va mahalliy ta'lim tashkilotlari o'rtasida qo'shma ta'lim dasturlari, akademik almashinuv, ilmiy tadqiqotlar va yangi ta'lim loyihalarini amalga oshirish bo'yicha kelishuvlar imzolanadi. Imzolangan hujjatlar va forum yakunlari tadbirdan so'ng shu sahifada joylashtiriladi.