MARKAZIY OSIYO
XALQARO

TA'LIM FORUMI

O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri28-oktabr, 2026

Kechki Toshkent
Toshkent, O'zbekiston
28-oktabr2026-yil, “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi

Forum haqida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-sentabrda ta'lim sohasini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilishida berilgan topshiriqqa muvofiq, 2026-yil 28-oktabr kuni Toshkent shahridagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Markaziy Osiyo xalqaro ta'lim forumi o'tkaziladi.

1500+ishtirokchi kutilmoqda
5Markaziy Osiyo davlati ta'lim vazirlari
01

Forumning asosiy mavzusi — “Markaziy Osiyo — ta'lim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni”. Unda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmanistonning ta'lim sohasi vazirlari, xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta'lim tashkilotlari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy va mahalliy ekspertlardan iborat jami 1500 dan ziyod vakil ishtirok etishi ko'zda tutilmoqda.

02

Dastur doirasida rasmiy ochilish marosimi, yalpi majlis, ta'lim vazirlarining davra suhbati va 3 ta parallel sessiya, shuningdek, “Study in Uzbekistan” ta'lim ko'rgazmasi hamda universitetlar o'rtasida hamkorlik uchrashuvlari o'tkaziladi. Akademik mobillik, qo'shma ta'lim dasturlari, ilmiy-innovatsion hamkorlik va ta'lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilinadi.

03

Forum yakunlari bo'yicha akademik almashinuv, qo'shma ta'lim dasturlari va ilmiy loyihalar hamda universitetlararo hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kelishuvlarga erishish kutilmoqda.

So'nggi yangiliklar

Respublika tanlovlari g'olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi!

Xorijlik talabalar o'zbek tili bo'yicha respublika olimpiadasida bellashmoqda

O'zbekiston va Ozarbayjon oliygohlari rektorlarining II forumi bo'lib o'tmoqda

Ta'lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimovning ilk shaxsiy qabuli bo'lib o'tdi

MARKAZIY OSIYO XALQARO TA’LIM FORUMI

Bitta forum — sakkiz davlat

Varshavadan Bishkekgacha bo‘lgan delegatsiyalar Toshkentda jamlanadi. Davlat vakillari va ularning yo‘lini ko‘rish uchun xaritadan davlatni tanlang.

O‘zbekistonQozog‘istonQirg‘izistonTojikistonTurkmanistonOzarbayjonTurkiyaPolshaAstanaBishkekDushanbeAshxobodBokuAnqaraVarshavaToshkent
Markaziy Osiyo
Hamkor davlatlar
8davlat
1500+kutilayotgan ishtirokchi
10vazir va delegatsiya rahbari
3parallel sessiya

TA'LIM ISLOHOTLARI

O'zbekistonda ta'lim islohotlari

2017-yildan buyon O'zbekiston ta'lim tizimi bog'chadan universitetgacha tubdan yangilanmoqda: qamrov kengaymoqda, xalqaro hamkorlik kuchaymoqda, kasbiy ta'lim esa mehnat bozori talablariga moslashmoqda.

Barchasi

01 / 06

Oliy ta'lim

Nima o'zgardiDavlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari tarmog'i kengaydi, qabul kvotalari oshirildi — oliy ta'limga kirish imkoniyati bir necha barobar ortdi.

Oliy ta'lim muassasalari×2,7o'sish
2016-yil77
Bugun210+
Qamrov darajasi×4,9o'sish
2016-yil9%
Bugun44%

Ta'lim islohotlari raqamlarda

So'nggi yillardagi islohotlar natijasida O'zbekiston ta'lim tizimi barcha bosqichlarda sezilarli o'sishga erishdi.

210+

Oliy ta'lim muassasalari

2016-yilda 77 ta edi

1.7M

Talabalar

2016-yildagi 250 mingdan

44%

Oliy ta'lim qamrovi

2016-yilda 9% edi

78%

Maktabgacha ta'lim qamrovi

2017-yilda 28% edi

Batafsil
studyin-uzbekistan.uz

O'zbekistonda o'qing

Study in Uzbekistan — xorijlik talabalar uchun O'zbekiston oliy ta'limi haqidagi rasmiy platforma: universitetlar, ta'lim dasturlari, stipendiyalar va qabul jarayoni bir joyda.

Platforma Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Oliy ta'limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tomonidan yuritiladi.

207Oliy ta'lim tashkilotlari
24 825Xorijiy talabalar
5 659Ta'lim dasturlari
82Stipendiya dasturlari

Sifatli oliy ta'lim

207 ta davlat, nodavlat va xalqaro OTM — ko'plab dasturlar xalqaro standartlar asosida.

Xalqaro muhit

O'zbek, ingliz va rus tillarida dasturlar, xorijiy universitet filiallari va qo'shma diplomlar.

Hamyonbop ta'lim va turmush

Kontrakt, turar joy va kundalik xarajatlar ko'plab davlatlarga nisbatan arzon.

Xavfsiz va mehmondo'st

Xalqning bag'rikengligi va mehmondo'stligi talabalarga tez moslashishga yordam beradi.

Boy tarix va madaniyat

Buyuk Ipak yo'li markazida — Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlar.

Markaziy Osiyo qalbida

Mintaqaning barcha davlatlari bilan chegaradosh yagona mamlakat — sayohat uchun qulay.

MARKAZIY OSIYO XALQARO TA’LIM FORUMI

Spikerlar va oliy darajadagi mehmonlar

Forum dasturi

Bir kunlik dastur: vazirlar uchun davra suhbati va universitetlar uchun ilmiy sessiyalar.

28oktabrchorshanba
“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi

28-oktabr, chorshanba · 7 ta bo‘lim

Rasmiy ochilish va ta’lim vazirlari davra suhbati

Kun xaritasi
  1. 09:0010:00
    09:00–10:001 soat

    Ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish

    “Study in Uzbekistan” ko‘rgazmasining ochilishi (kun davomida ishlaydi).

  2. 10:0010:40
    10:00–10:40Asosiy40 daq

    Rasmiy ochilish marosimi

    Ishtirokchilar8
    • Turdimov Erkinjon OqbutayevichO‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vaziri
    • Sayasat NurbekQozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vaziri
    • Julduz Dosbergenovna SuleymenovaQozog‘iston Respublikasi Ta’lim vaziri
    • Gulzat Tiniybekovna IsamatovaQirg‘iziston Respublikasi Ilm-fan, oliy ta’lim va innovatsiyalar vaziri
  3. 10:4010:50
    10:40–10:5010 daq

    Rasmiy fotosessiya

    Vazirlar, delegatsiyalar rahbarlari va faxriy mehmonlarning umumiy fotosessiyasi.

  4. 11:0012:30
    11:00–12:30Asosiy1 soat 30 daq

    Ta’lim vazirlarining davra suhbati

    Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari, diplom va malakalarni o‘zaro tan olish, qo‘shma ilmiy loyihalar va grantlar, ta’lim sifati va universitetlarning xalqaro nufuzini oshirish.

    Mavzu

    Markaziy Osiyoda yagona ta’lim makonini rivojlantirish va xalqaro hamkorlik

    ModeratorK. Karimov — Toshkent shahridagi Vestminster xalqaro universiteti rektori

    Ishtirokchilar10
    • Turdimov Erkinjon OqbutayevichO‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vaziri
    • Sayasat NurbekQozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vaziri
    • Julduz Dosbergenovna SuleymenovaQozog‘iston Respublikasi Ta’lim vaziri
    • Gulzat Tiniybekovna IsamatovaQirg‘iziston Respublikasi Ilm-fan, oliy ta’lim va innovatsiyalar vaziri

    Shuningdek, boshqa davlatlarning manfaatdor vazirlik vakillari.

  5. 12:3014:00
    12:30–14:001 soat 30 daq

    Rasmiy tushlik

  6. 14:0019:00
    14:00–19:005 soat

    Toshkent shahrining diqqatga sazovor maskanlariga tashrif

  7. 19:0021:00
    19:00–21:002 soat

    Taklifnoma asosida kechki ovqat

    “Bahor” · 200 kishilik